Saytingizga «Telegram orqali kirish» tugmasi — 5 daqiqada
Foydalanuvchi telefon raqamini kiritadi, kod Telegramga keladi, saytingiz tasdiqlangan raqamni oladi. Parol, SMS va murakkab dasturlash kerak emas.
Ulashning 3 usuli
Tayyor tugma
Saytga bitta qator kod qoʻyasiz — tugma oʻzi chiqadi. Kirish oynasi, botga ulanish va kodni Tasdiq ID boshqaradi.
- Kim uchun:
- Har qanday sayt: PHP, Node.js, Python, Laravel, oddiy HTML
- Vaqt:
- 5–15 daqiqa
OpenID Connect
Xalqaro standart (Google, Apple ham shu asosda). Tayyor tizim sozlamalariga 3 ta qiymat kiritasiz — vassalom.
- Kim uchun:
- WordPress, Moodle, Keycloak, NextAuth, Laravel, Django va boshqalar
- Vaqt:
- 10 daqiqa
REST API
Kod yuborish va tekshirish oʻz interfeysingizda: mobil ilova, bot, toʻlovni tasdiqlash, ikki bosqichli himoya.
- Kim uchun:
- Dasturchilar, mobil ilovalar, maxsus jarayonlar
- Vaqt:
- 1 ish kuni
Qanday yaratiladi (1 va 2-usul)
- 1
Roʻyxatdan oʻting
panel.tasdiqid.uz da hisob oching. Bepul tarifda oyiga 100 ta kirish.
- 2
«Kirish tugmasi» boʻlimini oching
Panel → Integratsiya → Kirish tugmasi → «Ilova qoʻshish».
- 3
Sayt manzilini kiriting
Masalan https://mening-saytim.uz. 2-usul uchun qaytish manzilini ham (callback URL) qoʻshing.
- 4
client_id ni oling
Panel tayyor kodni sizning client_id ingiz bilan koʻrsatadi — nusxalash kifoya. client_secret faqat 2-usul uchun kerak.
- 5
Saytga qoʻying va tekshiring
Tugmani bosib, oʻz raqamingiz bilan kirib koʻring. Har bir kirish panel statistikasida koʻrinadi.
Foydalanuvchi nimani koʻradi
- 1
Saytdagi «Telegram orqali kirish» tugmasini bosadi — Tasdiq ID oynasi ochiladi.
- 2
Telefon raqamini kiritadi.
- 3
Birinchi marta boʻlsa — «Botni ochish» tugmasi chiqadi: botda Start → Roziman → Raqamni ulashish. Oyna ulanishni oʻzi aniqlaydi va «Telegram ulandi ✅» deb koʻrsatadi.
- 4
«Kodni yuborish» ni bosadi, kod Telegramga keladi, uni kiritadi — saytga kirdi.
Botga ulanish bir marta qilinadi va Tasdiq ID ulangan barcha saytlarda amal qiladi. Keyingi safar kod darhol keladi.
1-usul: tugma kodi
Shu qatorni sahifangizning tugma turadigan joyiga qoʻying. Foydalanuvchi kirgach, brauzer /tasdiq-login manzilingizga tasdiq_id_token yuboradi.
<script src="https://id.tasdiqid.uz/widget.js"
data-client-id="tqc_..."
data-login-url="/tasdiq-login"
async></script>Serverda tekshirish (PHP)
Token Tasdiq ID imzosi bilan keladi. Uni bitta soʻrov bilan tekshirasiz — kutubxona kerak emas. Node.js, Python namunalari panelda.
<?php
// /tasdiq-login
$token = $_POST['tasdiq_id_token'] ?? '';
$user = json_decode(@file_get_contents(
'https://id.tasdiqid.uz/oauth/tokeninfo?id_token=' . urlencode($token)), true);
if (!$user || $user['aud'] !== 'tqc_...') {
http_response_code(401); exit;
}
session_start();
$_SESSION['phone'] = $user['phone_number']; // +998901234567
header('Location: /');2-usul: OpenID Connect sozlamalari
Tizimingizning «OpenID Connect» yoki «OAuth 2.0» sozlamalariga quyidagilarni kiriting. Koʻp tizimlarga faqat Discovery URL, Client ID va Client Secret yetadi.
- Discovery URL
- https://id.tasdiqid.uz/.well-known/openid-configuration
- Client ID
- tqc_… (paneldan)
- Client Secret
- tqs_… (paneldan, faqat serverda saqlang)
- Scope
- openid phone
- Authorization URL
- https://id.tasdiqid.uz/oauth/authorize
- Token URL
- https://id.tasdiqid.uz/oauth/token
- Userinfo URL
- https://id.tasdiqid.uz/oauth/userinfo
- JWKS URL
- https://id.tasdiqid.uz/oauth/jwks
- Imzo
- RS256 · PKCE (S256) qoʻllab-quvvatlanadi
Qaysi platformalarga ulanadi
OpenID Connect qoʻllaydigan har qanday tizimga. Eng koʻp ishlatiladiganlari:
Saytingiz qanday maʼlumot oladi
- phone_number
- Tasdiqlangan telefon raqami: +998901234567
- phone_number_verified
- Har doim true — raqam egasi Telegram orqali tasdiqlagan
- sub
- Foydalanuvchining doimiy ID si (faqat sizning saytingiz uchun)
- name
- Telegramdagi ismi (boʻlsa)
3-usul: REST API
Kod yuborish (/v1/otp/send) va tekshirish (/v1/otp/verify) — ikki soʻrov. Webhooklar, ommaviy xabarlar va boshqa imkoniyatlar API hujjatida.
API hujjati →Savol-javob
Foydalanuvchi botga hali Start bosmagan boʻlsa-chi?
Kirish oynasining oʻzi botga ulanishni soʻraydi: «Botni ochish» tugmasini koʻrsatadi va raqam ulanishini kutadi. Saytingiz hech narsa qilishi shart emas.
Xavfsizmi?
Token RS256 bilan imzolanadi va soxtalashtirib boʻlmaydi. Natija faqat panelda roʻyxatdan oʻtgan saytingizga qaytadi. Kod bir martalik, 5 ta xato urinishdan keyin bekor qilinadi.
Narxi qancha?
Har bir kirish tarifingizdagi bitta kod sifatida hisoblanadi. Bepul tarifda oyiga 100 ta.
Brauzer oynani (popup) bloklasa-chi?
Tugma foydalanuvchi bosganda ochiladi, shuning uchun brauzerlar odatda bloklamaydi. 2-usulda oyna emas, toʻliq sahifaga yoʻnaltiriladi.
Oʻz botimiz bilan ishlasa boʻladimi?
Ha, Biznes tarifida panelga oʻz botingizni ulaysiz — oyna va kodlar sizning botingiz nomidan boʻladi.